OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

O'rganish vaqtidagi qoidalar

@khodieff
OPEN BLOGcover

Juda ko’pchilik hozirda dasturlashni o’rganmoqda , kun davomida turli tarmoqlarda ko’plab savollar keladi hammaga o’z vaqtida javob yoza olmaypman yoki CV larini ko’rib bera olmayapman va bu post aynan o’rganish davridagilar va kursni tugatib ish izlayotganlar uchun o’z tajribamdan kelib chiqib  post yozishga qaror qildim!

O’rganish vaqtidagi qoidalar:

1. Birinchi qoida: 

Intzom , qadriyat va tanqidiy fikirlash bo’lishi shart.

2. Ikkinchi qoida:  

Ingliz tilini  ( Intermediate ) darajadbilish va savol berish madaniyati hohlang ustozga yoki (Googlega).

3. Uchinchi  qoida:  

O’rganayotgan materialingiz (online) video yoki (offline) dars bo’lsin. O’rgatuvchi mentorning diqqat bilan tinglang va odatda mentorlar sizga har ikki holatda “task” lar berib boradi ohirigacha bajaring , (online) da video dars bitta qismini qaysidir mavzuni ko’ryapsizmi ohirigacha yoki ma’lum bir qismigacha yaxshilab ko’ring (intizom saqlagan holatda) videoni 1 daqiqa ko’rib bir daqiqa kod yozmang , umummiy qaysidir qisimgacha xulosani olgacha kod yozing. (Offline) da mentor sizga tushuntiryapti tushunishga xarakat qiling diqqat bilan tinglang , agar avval bu mavzudan biroz xabaringiz bo’lsa boshqalarni ham vaqtini olib , tushuntirish vaqtida savol berib fikir bilidirmay turing. Siz bilishingiz mumkin lekin bu siz bilan birga o’qib turganlarga ham mentorga ham yoqmaydi dab durusdan nega bunaqa emas bunaqa tushuntiryapsiz yoki bundan yaxshi usuli borku deyishingiz. Mentor ham biladi katta ehtimol bilan “Best practice” larni lekin umummiy qilib qadam va qadam tushuntiriladi darsda va yoningizdagi o’rganuvchilarni fikir bo’linmaydi. Madaniyat bilan va saviya bilan savol berishni shakillantirish kerak. Odatda o’zimga matn holatda muammo yozib yuborishadi baraka topgur avval natijangizni keyin kodingizni ilova qilib muammoni yozing tezroq yechim olasiz va buni guruhda qilsangiz ko’pchilik uchun ham foydali bo’ladi.

— Kursni tugatgan va ish izlayotganlar uchun:

1. Birinchi qoida:  

Siz kursni  deylik qaysidur “stack” da tugatdingiz , katta ehtimol bilan siz Junior daraja bo’lmaysiz va kursni tugatganiga  2-3  oy va undan ko’proq vaqt bo’lib ish topa olmayotganlar bor , sizlar ham sohani o’zgartirish fikri va stressga tushmang. O’zingiz uchun “Googleda” tajriba oshirish uchun loyihalar ro’yhati bor izlasangiz yoki ustozingizdan 1 haftada 1-2 marta savol so’rab tursangiz yo’q demaydilar va tajriba oshirish uchun kerakli loyihalarni tavsiya qiladi kodlaringizni ko’rib beradilar. Birinchi qoidaga amal qilsangiz tahminan darajangiz tezroq oshadi. Sohada ishga kirish va topshirish maslasini keyingi qoidada va postlarda ko’rib chiqamiz.

2024.08.18 16:58

    Ulashish: