HTML va CSS

❇️ HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSS da ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.

Less va Sass

❇️ Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo‘ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.

#HTML #CSS #LESS #SASS

    Ulashish: