OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Dasturchilik xuddi serial qahramoni bo'lishga o'xshaydi.

@khodieff
OPEN BLOGcover

Dasturchilik xuddi serial qahramoni bo’lishga o’xshaydi.

Nimasi bilan? Serial ko’rmaydiganlar shu joydan orqaga qaytavering. Bir marta bo’lsa ham serial ko`rganlar bilishadi-ki, serial qahramoni boshiga bir ish tushadi, yoki biror dushmani hiyla qiladi va hokazo. Serial syujeti qahramonni muammoni hal qilishiga asoslangan bo’ladi odatda.

Qahramon muammoni hal qilsa nima bo’ladi? Nimayam bo’lardi, yana yangi muammo chiqadi))). Dasturlash serialidagi bosh qahramon - dasturchini boshiga ham ko’plab ticketlar tushadi. Har bir ticket o’ziga xos bo’lib, uni hal qilishingiz ishingizning syujetini tashkil qiladi.

Endi, hal qilib bo’ldingiz ham deylik, keyin yangi bug (dushman) paydo bo’ladi. Serialda ba’zi dushmanlar oldingi dushmanni tinchitgandan keyin chiqib keladi. Qarindoshi yoki yaqini bo’ladi. Bizdayam shunday buglar bor-ki, hal qilsangiz yangisi chiqib keladi. O’shani natijasida))). Qalay? Zo’rmi? Endi daxshati kelyapti… Yangi fasl nima bo’ladi dersiz? Yangi sezon = yangi proyekt))) Agar ish joyingiz o’zgarsa-ku, umuman yangi serial degani))). Xullas, mazza)) Zerikmaysiz. Buglar zeriktirishmayapti hozircha )))

2022.04.30 13:54

    Ulashish: