OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

006. JavaScriptda Object tushunchasi

@khodieff
OPEN BLOGcover

JavaScriptda Object

khodieff.uz

Object JavaScriptda asosiy va eng ko’p ishlatiladigan ma’lumot turlaridan biridir. Obyektlar key-value pair bo’lib, har bir key o’ziga mos value bilan bog’lanadi. keylar string yoki Symbol bo’lishi mumkin, qiymatlar esa har qanday ma’lumot turi bo’lishi mumkin, shu jumladan boshqa obyektlar, arraylar, va funksiyalar.

Obyektni yaratish

Obyektni yaratishning ikki asosiy usuli mavjud:

1. Literal Sintaksis

Bu usul eng oson va eng keng tarqalgan usuldir:

let person = {
  name: "Najimbey",
  age: 14,
  city: "New York"
};

2. Constructor Yordamida

Object konstruktori orqali yangi obyekt yaratishingiz mumkin:

let person = new Object();
person.name = "Najimbey";
person.age = 30;
person.city = "New York";

Obyekt Xususiyatlariga Kirish

Obyektning xususiyatlariga kirishning ikkita usuli bor: ( . notation va bracket [] notation )

1. ( . ) notation

Nuqta (.) yordamida xususiyat nomiga murojaat qilish mumkin:

console.log(person.name); // "Najimbey"
console.log(person.age);  // 14

2. bracket [] notation

Qavslar ([]) ichida xususiyat nomi string ko’rinishida yoziladi:

console.log(person["name"]); // "Najimbey"
console.log(person["age"]);  // 14

bracket [] notation ayniqsa, xususiyat nomi o’zgaruvchida saqlanganda yoki xususiyat nomi sifatida foydalanish mumkin bo’lmagan belgilar mavjud bo’lganda foydali bo’ladi.

Obyektga Xususiyatlarini Qo’shish yoki O’zgartirish

JavaScriptda obyektning xususiyatlarini osongina qo’shish yoki o’zgartirish mumkin:

  • Xususiyat qo’shish:
person.country = "Turkey";
  • Xususiyatni o’zgartirish:
person.age = 31;

Obyekt Xususiyatlarini O’chirish

delete operatori yordamida obyekt xususiyatini o’chirishingiz mumkin:

delete person.city;
console.log(person.city); // undefined

Obyekt ichida Funksiyalar (Metodlar)

Obyektlar ichida funksiyalarni saqlash mumkin. Bunday funksiyalar metodlar deb ataladi. Metodlar this kalit so’zidan foydalanib, obyektning xususiyatlariga kirishlari mumkin.

let person = {
  name: "Najimbey",
  age: 14,
  greet: function() {
    console.log("Hello, " + this.name);
  }
};

person.greet(); // "Hello, Najimbey"

Obyektni Iteratsiya Qilish

Obyektning barcha xususiyatlarini iteratsiya qilish uchun for...in tsiklidan foydalaniladi:

for (let key in person) {
  console.log(key + ": " + person[key]);
}

// Natija:
// name: Najimbey
// age: 14
// greet: function() { ... }

Obyektni birlashtirish

Obyektlarni birlashtirish uchun Object.assign() metodidan yoki spead operatoridan (...) foydalanish mumkin.

  • Object.assign() yordamida:
let additionalInfo = { country: "Turkey", profession: "Engineer" };
let mergedPerson = Object.assign({}, person, additionalInfo);
console.log(mergedPerson);
  • Spread operatori yordamida:
let mergedPerson = { ...person, ...additionalInfo };
console.log(mergedPerson);

Obyekt metodi va this kalit so’zi

this kalit so’zi obyektdagi metod ichida ishlatilganda, u obyektning o’zini ifodalaydi:

let car = {
  brand: "Toyota",
  model: "Camry",
  fullDetails: function() {
    return this.brand + " " + this.model;
  }
};

console.log(car.fullDetails()); // "Toyota Camry"

Xulosa

JavaScriptdagi Object — bu (ky-value) pair dinamik ma’lumot turi. Object yordamida murakkab ma’lumotlarni saqlash, ularga kirish, ularni yangilash, va bir nechta xususiyatlarni birlashtirish mumkin. Object dasturlashda muhim rol o’ynaydi va uni to’g’ri tushunish va undan samarali foydalanish muhim hisoblanadi.

Keyingi postlarda batafsil tanishamiz.

    Ulashish: