TypeScript haqida gaplashamiz :)

khodieff.uz

TypeScript — bu JavaScript asosida yaratilgan dasturlash tili bo‘lib, unga tiplar qo‘shilgan. Ya’ni, TypeScript sizga aniqroq kod yozishga yordam beradi va kompilatsiya vaqtida xatolarni aniqlash imkonini beradi. Bu esa, katta loyihalarda yoki murakkab dasturlarda juda foydali hisoblanadi.

TypeScript ning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u JavaScriptning barcha funksiyalarini qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, sizga qo’shimcha xavfsizlik va funksionallik taqdim etadi. Masalan, siz tiplarni aniq belgilab qo’yishingiz mumkin, bu esa noto’g’ri ma’lumot turlarini uzatishdan saqlaydi.

Misol uchun, JavaScriptda quyidagi kod xatoga olib kelishi mumkin:

function add(a, b) {
  return a + b;
}

console.log(add(10, '20')); // "1020"

Bu yerda, a raqam, lekin b qator. JavaScriptda bu ikki tur avtomatik tarzda qatorlarga birlashtiriladi va natija noto’g’ri bo’lishi mumkin. TypeScriptda esa bu kabi xatolarni oldini olish mumkin:

function add(a: number, b: number): number {
  return a + b;
}

console.log(add(10, 20)); // 30
console.log(add(10, '20')); // TypeScript xatolik ko'rsatadi

Bu orqali siz TypeScript yordamida ancha ishonchli va xavfsizroq kod yozishimiz mumkin.

TypeScriptni o’rnatish juda oson. Bizga kerak bo’lgan narsa Node.js va NPM (Node Package Manager) o’rnatilgan bo’lishi kerak. Agar sizda hali Node.js va NPM o’rnatilmagan bo’lsa, birinchi navbatda ularni quyidagi rasmiy veb-saytdan yuklab olishingiz kerak:

Node.js o’rnatilgandan so’ng, TypeScriptni o’rnatish uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz:

1. NPM orqali TypeScriptni global o’rnatish

TypeScriptni global o’rnatish sizga tsc (TypeScript Compiler) buyrug’idan terminalda foydalanish imkonini beradi. Buni amalga oshirish uchun quyidagi buyrug’ni terminalda yoki buyruqlar satrida (Command Prompt) kiriting:

npm install -g typescript

Bu buyruq TypeScriptni butun tizimingiz bo’ylab o’rnatadi va siz uni istalgan loyihada ishlatishingiz mumkin bo’ladi.

2. O’rnatishni tekshirish

TypeScript muvaffaqiyatli o’rnatilganligini tekshirish uchun terminalda quyidagi buyrug’ orqali tekshiramiz:

tsc --version

Bu buyruq TypeScriptning o’rnatilgan versiyasini ko’rsatadi. Agar versiya raqami ko’rinsa, TypeScript muvaffaqiyatli o’rnatilgan hisoblanadi.

3. TypeScript bilan birinchi dastur yozish

TypeScript bilan ishlashni boshlash uchun yangi .ts fayl yarating:

touch hello.ts

Faylni oching va biror TypeScript kodini yozish mumkin:

let message: string = "Hello, TypeScript!";
console.log(message);

Keyin, bu TypeScript faylini JavaScriptga kompilyatsiya qilish uchun quyidagi buyruqni bajaramiz:

tsc hello.ts

Bu buyruq sizning hello.ts faylingizni hello.js fayliga aylantiradi. Keyin biz bu JavaScript faylini Node.js yoki boshqa muhitda ishlatishimiz mumkin:

node hello.js

Bu qadamlar TypeScriptni o’rnatish va birinchi dasturingizni yaratish uchun yetarli : ) Happy coding

    Ulashish: