Yuragi bor odamlar

Dunyoda shunday odamlar borki, ular yolg‘iz yig‘laydilar, hech kimga ko‘rsatmaydilar.

O‘zlarini xafa qilib bo‘lsa ham, boshqalarni xursand qilishga harakat qiladilar.

Unday odamlarni doim yolg‘iz tashlab ketishadi. Ular o‘zlari uchun o‘zlari do‘st bo‘lishadi.

Qanchalik yolg‘iz, deysizmi? Ular “gul do‘konidan” eng chiroylisini tanlab, kimga berishni bilmaydigan darajada yolg‘izdirlar.

Yuraklarida butun insoniyatni sevishga yetgulik muhabbatlari bor, ammo o‘zlariga kelganda yetmaydi.

Uzoq masofalarni yayov yurib o‘tishni yoqtirishadi. Ular yomg‘ir yog‘sa, xo‘l bo‘lishdan qo‘rqmaydigan odamlar.

Yonidan tanish insoni o‘tib qolsa, e’tibor bermaydigan darjada xayolparast bo‘ladilar.

Kitobda o‘qigan bitta jumlasi haqida ham kun bo‘yi o‘ylab yurishlari mumkin.

Boshqalar uchun ma’nosiz tuyulgan narsalar ular uchun hayotning eng ahamiyatli narsasidek ko‘rinaveradi.

Ular bahorda guldan gulga qo‘nayotgan asalarilarni, uyning burchaklariga in qurayotgan qaldirg‘ochlarni kuzatishni yoqtirishadi.

Eng arzon kiyimlarni kiyishadi, ammo bilishmaydiki, ko‘ksilarining ichida bu dunyoning eng qimmatli narsasi bor.

Ular — bu hayotdagi sanoqli insonlarga berilgan yuragi bor odamlardir.

Ular uchun yuraksiz odamlar orasida yashashdan ham og‘irroq jazo bo‘lmasa kerak.(c)

    Ulashish: