Toza qalb

Elektr tokiga ulanmagan har qanday turdagi eng qimmat konditsioner ham xonani sovutolmaydi.

Yoki, o‘zini aqlliman, deb hisoblaydigan har bir abituriyentni DTM imtihonisiz universitetlar qabul qilmaydi.

Shunchaki aqlliman, deyish yetmaydi, buni isbotlash kerak, shunday emasmi?

Xuddi shunga o‘xshagandek, toza qalb bilan jannatga kirib bo‘lmaydi. Qalbning tozaligini amallar bilan isbotlash kerak.

Ijara uyda yashasak, uy egasi belgilab bergan tartib-qoidalarga rioya qilib yashaymiz. Allohning dargohi bo‘lgan dunyoda esa xohlaganimizni qilamiz.

Imom G‘azzoliyning rivoyat qilishlaricha Alloh taolo Zabur kitobida aytadi: “Agar jannat va jahannamni yaratmaganimda, Men shunchaki ibodat qilinishga loyiq bir Zot emasmidim?”

(c)

@khodieff

    Ulashish: