Ba’zi eshiklar ochilmaydi

Ba’zi odamlar sening hayotingdan chiqib ketishadi, chunki ular butun kitob emas, balki kitobning faqatgina bir sahifasi edi. Kitob hali tugamadi, sen varaqlashda davom et

Ba’zi istaklar amalga oshmaydi, chunki ularning vaqti hali kelmagan. Ba’zi hikoyalar tugaydi, yangilari boshlanishi uchun. Biz endi hammasi tugadi, deymiz. Alloh esa boshlandi, deydi.

Muvaffaqiyatdan ko‘ra ko‘proq tajriba kerakligi sababidan ham ko‘p bora yiqilishga majbur qiladi Alloh. Ba’zi og‘riqlar uzoqroq davom etadi, chunki keyingi yengillik totliroq bo‘lishi uchun. 

Ba’zi eshiklar sen uchun atalmagan,Shuning uchun ular senga ochilmaydi, agar ochilganda edi, ichkaridagi manzara seni xafa qilishi mumkin edi.

Shunday ekan, Robbingga doimo go‘zal gumonda bo‘lgin. Unga ishon. Unga tavakkal qil. U biladi, biz bilmaymiz.

«Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz». (Baqara, 216)

@khodieff

    Ulashish: