Sevgi — bu…

Hamma sendan ketgandayam, yolg‘iz uning senga kelishi — bu sevgi.

Ketyapman deganingda, xayr emas, qayerga, degan insonning so‘zidir — sevgi.

Senga ishonmaslik uchun yuzlab sabablar turganda, ishonsa bo‘ladigan bitta sabab bilan hali ham yoningda turgan insonning ishonchidir — sevgi.

Qaytmasligingni bilsa ham, oynadan termilgancha kelishingni kutayotgan insonning sadoqatidir — sevgi.

O’zining og‘riqlarini unutib, senga “Yaxshimisan?” degan insonning mehridir — sevgi.

Odamlar bilan gavjum bo‘lgan shaharda ham, sensiz o‘zini yolg‘iz his qilgan insonning sog’inchidir — sevgi.

Barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bo‘lsa ham, sening nimadir deyishingni kutgan insonning umididir — sevgi.

“Taqdir emas ekan” deb taslim bo‘lgan emas, taqdir bo‘lishi uchun har kuni Allohdan so‘ragan insonning duolaridir — sevgi.

So’zsiz ishonmoq va borida bordek bo’lmoq bu — sevgi.

Aslida bular ham emas, shunchaki uning o‘zidir — sevgi )

2024.08.30 21:29

    Ulashish: