OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Saodat vujud bilan emas, ruh bilan his qilinadi

OPEN BLOGcover

Saodat vujud bilan emas, ruh bilan his qilinadi

khodieff.uz

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam davrlari “Saodat asri” deyiladi?

Axir, ochlikdan qorinlariga tosh bog‘lab yurilgan paytlar edi. Abu Bakr kaltaklangan, Hazrati Bilol qiynoqqa solingan, Payg‘ambarimiz birin-ketin farzandlarini tuproqqa qo‘ygan davrlar, Uhud tog‘ida sahobalar shahid qilingan paytlar edi. Nega saodat asri ?

Chunki, qalblari Islom bilan to‘lgandi. Mana shu haqiqiy saodat edi. Bizning hamma narsamiz bo‘lsa ham, nega o‘zimizni xotirjam his qilmaymiz, nega baxtli emasmiz? Chunki biz saodatni moddiyatda deb o‘ylaymiz. Barcha narsani vujudimiz bilan his qilamiz.

Eng mazali taom yeyish bilan Alloh qalbingizga bir insonga bo‘lgan sevgini solishining farqi qanday? Taomni vujud bilan, sevgini ruh bilan his qilamiz. Ikkisidan qaysi birini tanlardingiz?

Bu dunyoda vujud bilan his qiladigan narsalarimizning barchasi tugaydi. Dunyodagi eng qimmat mashina ham bir oyda zeriktiradi. Eng hashamatli uy, qimmat kiyimlar va IPhone’ning so‘ngi versiyasi ham.

Ammo kechasi hamma uxlaganda, turib tahajjud namozida, boshingizni sajdaga qo‘yib, Alloh bilan yig‘lab suhbatlashgan kechalarchi?

Yoz faslida, issiqdan nafas olish qiyin bo‘lgan kunlarda, hijob o‘rab yurganingizda his qilingan lazzatchi?

Qur’on o‘qishni o‘rganayotganingizda, harflarni chiqarolmay yig‘lagan kunlaringiz, cho‘ntagingizdagi bor pulingizning yarmini sadaqa qilgan paytlaringiz…

Bular bu dunyoda tugamaydigan yagona hissiyotlardir. Shuning uchun ham boy insonlardan, Islomi go‘zal insonlar baxtliroq yashaydilar. Chunki saodat ruh bilan his qilinadi.

(c)

@khodieff

    Ulashish: