OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Qo‘rquvning sababi nimada?

@khodieff
OPEN BLOGcover

Qo‘rquvning sababi nimada?

Biz odatda nega qo‘rqmiz bilasizmi? Chunki uning qarshisida bizaga yordam beruvchi Zotni ko‘rmaymiz.

To‘g‘ri, Ibrohim alayhissalomni olovga otganlar juda kuchli edi. Ammo dushmanlariga qarshi o‘laroq Qudratli Do‘stlari ham borligini bilardilar. Shundan xotirjam edilar.

Yusuf alayhissalomni zindonga tashlaganlar kuchli, Muso alayhissalomni ortidan quvayotgan odam yer yuzining eng qudratli podshohi edi.

G‘orga berkingan Payg‘ambarimiz va Abu Bakr ularni ko‘rib qolishsa, o‘ldirilishlarini bilishardi. Lekin nega qo‘rqishmadi?

Chunki bilishardi. Yomonliklarga qarshi bir yaxshilik, dushmanlarga qarshi bir Do‘st borligini bilishardi.

Biz ishdan bo‘shatib yuborishlaridan qo‘rqamiz, universitetga kirolmaslikdan, IELTS’dan past ball olishdan qo‘rqamiz. Kasal bo‘lishdan, kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqamiz.

Biz faqat qo‘rqib yashaymiz. Biz bilan birga doim bir Zot borligini bilib yashaganimizda edi, hech qo‘rqmasdik.

(c) 

@khodieff

    Ulashish: