Muvaffaqiyatlar qoidasi.

khodieff.uz

Bu postni o’qigandan keyin ayrimlarni ensasi qotishi, ayrimlar “ee shu edimi !?” deyishi mumkin. Ammo aqlli insonlar bu so’zlarimni tafakkur qiladi, manfaat topadi. Shunga umidvorman. Demak, qoidani aytaman va tushuntirib o’taman.

Qoida shuki: ” Yaxshi Musulmon - Muvaffaqiyatli inson hamdir. ”

Sizda muvaffaqiyatli inson bo’lishingizga aynan nima halaqit berayotganini tasavvur qiling va postni o’qishda davom eting.

Yaxshi Musulmon - dangasa bo’lmagan insondir. Payg’ambarimiz Muhammad sollallahu alayhi vassalamga to’liq ergashgan insonda bu sifat bo’lmaydi. Demak sizning dangasaligingizga davo yaxshi Musulmon bo’lish.

Davom etamiz.

Yaxshi Musulmon - bir ishni mukammal qiladigan inson hamdir. Chunki, U sunnatga amal qiladi va mas’uliyatli bo’ladi. Unga topshirilgan ishda Allohga taqvo qiladi. Demak, ishingizda yuqori darajaga chiqishingizga Yaxshi Musulmon bo’lishda yechim bor.

Yaxshi Musulmon - oilasi, ayoli, yaqinlari va barchaga go’zal xulq bilan muomila qiladigan inson hamdir. Chunki, Rosulimiz buni bizga ta’lim berganlar. Xo’sh, demak bu bilan siz oilada, jamiyatda o’z o’rningiz va hurmatingizga ega bo’lasiz.

Yaxshi Musulmon - barcha yaxshiliklarni o’zida jamlashga harakat qiladigan insondir. U har doim muvaffaqiyatga erishadi. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham.

Demak, Muvaffaqiyat siri - Islomga amal qilishda.

Siz o’zingizda shu yaxshiliklarni topmoqchi bo’lsangiz, bunga birgina javobim “Yaxshi Musulmon” bo’ling.

Alloh barchamizni Yaxshi bandalaridan qilsin.

2024.08.18

    Ulashish: