OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Kutayotganlar bor, Allohim...

@khodieff
OPEN BLOGcover

Kutayotganlar bor, Allohim…

Tezroq tong otishini kutayotganlar bor, Allohim. Kunlar yorishishini, g‘amlar tarqalishini, mahzunliklar ketishini kutayotganlar bor.

Orzulari ushalishini, maqsadlariga yetishni, ko‘z yoshlar tinishini, umidlar chechak ochishini kutayotganlar bor, Allohim.

Zolimlarga jazoni, mazlumlarga nusratning kelishini kutayotganlar bor. Ketganlarning qaytishini, sog‘inchlar barham topishini kutayotganlar bor.

Yillardir o‘z farzandi bo‘lishini, uni qo‘liga olishni kutayotganlar bor. Kasallik sabab so‘lib borayotgan onasining yuzlariga kulguning qaytishini kutayotganlar bor.

Yetimxonaning derazasidan har kuni so‘nmas umidlar bilan termilib turgan ko‘zlar bor, kutayotgan qalblar bor, Allohim.

Daraxtlar yana gullashini, qaldirg‘ochlar kelishini, yomg‘ir yog‘ishini, kamalaklar chiqishini kutayotganlar bor.

O‘z Rayhonini qidirayotgan Sayyohlar bor va iffatini saqlab Sayyohini kutayotgan Rayhonlar bor.

Kutayotganlar bor, Sen kutganlari ila yetishtir, Allohim!

(c)

@khodieff

    Ulashish: