Kel, birga bo‘lamiz

Chunki bilasanmi, biz oy va quyosh kabimiz. Biri bo‘lmasa, ikkinchisining borligidan ma’no bo‘lmagani kabi.

Gul bo‘lmsa, yomg‘irning yog‘ishidan, hech qushlar uchmaydigan osmonning musaffoligidan,

yulduzlarsiz koinotning, dengizsiz sohilning mavjudligidan ma’no bo‘lmagani kabimiz.

Xuddi ichida sevgisi bo‘lmagan yurakning, Rasululloh bo‘lmagan Jannatga kirishning qizig‘i bo‘lmagani kabi.

Ona bo‘lmagan dunyoda, ichida Islom bo‘lmagan hashamatli uyda yashashdan ma’no bo‘lmaganidekmiz biz.

Hayotimda sen yo‘q ekansan, mening borligimdan, sen his qilmagan muhabbatni, men qalbimda asrab yashashdan ma’no qolmagani kabimiz.

Biz bir butunmiz, bo‘linsak, ma’nolar yo‘qoladi. Yaxshisi, kel, birga bo‘laylik.

Bir-biriga yetisholmaslik azobi bilan yashayotgan oy va quyosh havas qilsin bizga.

Yerdagi ikki baxtiyor qalb o‘rnak bo‘lsin osmondagi yulduzlarga porlashdan.

Biz birga bo‘laylikki, bu dunyodagi barcha ajrashuvlarning yakuni bo‘lsin bizning birlashishimiz.

Halovatni haromdan izlab yurganlar ko‘rsinlar, Robbisiga taqvo qilganlarni go‘zal nasib kutib turganini.

Qo‘lingni ber, men senga o‘z dunyoyimni ko‘rsatay. Men senga sevgidan ustoz bo‘lay, sen menga o‘quvchi.

(c) - 2024.09.02 03:15

@khodieff

    Ulashish: