Kech qolmaslik kerak

Xafa qilgan insonlaringizdan uzr so‘rashga kech qolmang. Xafa bo‘lsangiz, kechirishga kech qolmang.

Ota-onangiz bilan birga to‘yib-to‘yib yashang. Ularga yaxshi ko‘rishingizni aytishga kech qolmang.

Yuragingizda asrab yurgan so‘zlaringizni o‘z egasiga aytishga kech qolmang. Sevishingizni aytishga kech qolmang.

Do‘stingizga u eng yaxshi do‘st ekanligini ayting. Ayolingizga jannatda ham uni istashingizni ayting. Faqat kech qolmang.

Yomg‘ir tinmasidan avval, uning ostida sayr qilishga, tong otmasidan, yulduzlarni tomosha qilishga kech qolmang.

Qiynalayotgan birodarlaringizni hech bo’lmaganda duolarda eslashda , qo’lingizdan kelgan har qanday ish bilan bo’lsa ham kech qolmang.

Eng muhimi — Allohga qaytishga kech qolmang. O‘lim kelmasidan oldin tavba qilishga kech qolmang.

Iltimos qilaman, kutmang. Chunki hayotimizda «ortga qaytarish» degan tugma yo‘q.

(c)

2024.08.30 22:50

    Ulashish: