Jonimiz og‘riydi

Kasal bo‘lsangiz dorini shifokor yozib bergan tavsiya bo‘yicha ichasizmi yoki o‘z bilganingizchami?

Albatta, shifokor yozib bergani bo‘yicha, shundaymi? Chunki o‘z bilganingizcha ichsangiz, noto‘g‘ri ta’sir qiladi va joningiz og‘riydi.

Biz sevgan insonlar ham xuddi shunday. Qancha sevsak, shunchalik jonimiz og‘riydi. Chunki ularni biz tanlaganmiz.

Shifokorning tavsiyasi bizga shifo bo‘lgani kabi, kunlarning birida, hech kutmagan onimizda Alloh oldimizdan chiqargan insonlar aslida sevgimizga arziydi.

Chunki ularni Alloh tuhfa qilgan bo‘ladi. Biz tanlaganlarimiz esa faqat jonimizni og‘ritadi.

Allohga qo‘yib bering. Bizga shifo bo‘ladigan dorilar ro‘yxatini U yozsin.

(kitobdan)

@khodieff

    Ulashish: