OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

«Insonning hayotini odatda juda oddiy g‘oyalar o‘zgartiradi, murakkablari emas».

OPEN BLOGcover

«Insonning hayotini odatda juda oddiy g‘oyalar o‘zgartiradi, murakkablari emas».

Siz oylik maoshingizning oshishi boy bo‘lishingizga, yashash tarzingizning yaxshilanishiga olib keladi, deb o‘ylaysizmi? Adashasiz.

Devid Bax buni “Latte omili” asari orqali isbotlashga harakat qiladi. Diqqatingizni jamlab oling, chunki hozir boy bo‘lish haqida gaplashamiz)

Aytingchi, besh yil avvalgi maoshingiz hozir olayotganingizdan qanchalik farq qiladi? Hozir bir necha barobar ko‘proq maosh olyapsiz, to‘g‘rimi? Shunda siz hozir oldingidan ko‘ra boyroq yashayapsizmi? Hech narsa o‘zgarmagan, shunday emasmi?

Ko‘p ishlab, ko‘p pul topish badavlatlikka olib kelavermaydi. Nima uchun? Chunki aksariyat odamlar ishlab ko‘p pul topishni boshlashi bilan shunchaki sarflashni ham oshiradilar.

Xo‘sh, unda nima qilish kerak? Pullaringizni boshqarishni bilishingiz kerak, ishlab topishni hamma ham eplaydi. Devid Bax birgina latte puliga ham millioner bo‘lish muminligini aytadi. Qanday?

“Atom odatlar” kitobidagi bosh g‘oya yodingizdami? Kunlik kichik odatlar, kelajakdagi buyukroq sizni shakllantiradi. Devid Bax ham shunday demoqchi — ya’ni kelajakda kattaroq nimagadir erishish uchun bugun kichik narsalardan voz kechish kerak.

Siz arzimas deb o‘ylagan narsalar uchun sarflayotgan pullaringiz bir kun kelib sizni millioner bo‘lishingizga sababchi bo‘lishi mumkin edi. Man qisqaroq aytdim. Aytganlarimni yaxshiroq anglash uchun kitobni albatta o‘qib chiqing.

“Latte omili” — Devid Bax, Jon Devid Mann

(c)

@khodieff

    Ulashish: