Ertaga uyg‘onmasak-chi?

Bugun uyquga yotib, ertalab uyg‘onmaslikni his qilib ko‘rganmisiz?

Har kuni kechki payt chuqur xo‘rsinish bilan “Bugun og‘ir kun bo‘ldi”, deya uxlashga yotarkanmiz, bularning qaysidir biri bizni dunyo lazzatlaridan mahrum qiladigan uyqu bo‘ladi.

Buni bilasizmi? Bilasiz, deylik. His qilib ko‘rganmisiz?

Onur Qoplon o‘z kitobida shunday degandi: “Uyquni o‘limning ukasi deyishadi-ku, har kuni uyg‘onganda qanday qilib xayolga birinchi bo‘lib o‘lim kelmaydi?..”

Har xil muammo va tashvishlardan yuragingiz siqilganda, uxlashdan oldin bu haqida o‘ylang. His qilib ko‘ring.

Shunda ertalab yuzingizga tushgan quyosh nuridan uyg‘onganingizda, sizdan baxtliroq inson yo‘qligini tushunasiz.

@khodieff

    Ulashish: