Doim siz yutqazavermaysiz

Agar Alloh sizdan hamma narsangizni tortib olayotgandek tuyulsa, bir kun albatta qaytarishiga ishoning.

Bir eslab ko‘ring, Alloh Muso alayhissalomni onasidan olgandi, ammo unga yana qaytarib berdi.

Ya’qub alayhissalomdan hayotdagi eng aziz kishisi — Yusuf alayhissalomni tortib oldi, so‘ngra Yusufni Misrning vaziri qildi va otasiga qaytardi.

Hojar onamizni go‘daklari bilan kimsasiz vodiyda yolg‘iz qoldirib, so‘ngra yana Ibrohim alayhissalomga qaytarmadimi?

Ayyub alayhissalomga sog‘liqlarini, boylik va farzandlarini qaytarmadimi?

Hayotda doim siz yutqazavermaysiz. Yutadigan onlar ham keladi. Alloh olganlarini, bir kun albatta qaytaradi.

“Va tezda Robbingiz sizga ato qilur va siz rozi bo‘lursiz”. (Zuho surasi, 5)

#tafakkur (c)

@khodieff

    Ulashish: