Chorasizlik

khodieff.uz

Alloh ba’zan sizni chorasiz qoldiradi. Hech qanday chiqish yo‘lini ko‘rmaysiz. Barcha eshiklarni yopadi.

Bu duolar eng tez ijobat bo‘ladigan paytdir. Alloh taolo duoingizni eshitish uchun va Uning O‘zigagina borishingiz uchun chorasizlik bilan sinaydi.

Alloh taolo Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlanishlarini iroda qildi. Chorasizlikda qolib, faqat Ungagina duo qilishlari uchun.

Sizningcha, Yusuf alayhissalom quduqqa tashlanishlaridan avval qanday duo qilishni bilmasmidilar? Bilar edilar, ammo Alloh bandasining chorasizlikdagi iltijosini eshitishni xohlaydi.

Yunus alayhissalomni baliqqa yuttirib, Ibrohim alayhissalomni olovga ottirib sinadi. Chorasizlik bilan sinadi. Natijasi qanday bo‘ldi?

Ba’zan dunyo ko‘zingizga qorong‘u bo‘lib ketadimi? Atrofingizda hech kim qolmaganida, yolg‘izlikdan siqilyapsizmi? Balolar ustma-ust kelib, ular hech tugamaydigandek tuyulyaptimi ? Chorasizmisiz?

Allohga boring. Chunki U duolaringizni eshitish uchun tayyor turibdi. Sizni kutyapti. Unga iltijo qiling. Chunki U sizning qayg‘ularingizni mutlaq baxtga aylantira oladigan yagona Zotdir.

So’ngi va yagona chora Allohdan, Falstinlik dindoshlarimiz uchun ham so’rang…

“Allohim, men chorasizman” desangiz kifoya.

(c)

@khodieff

    Ulashish: