OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Biz sizga juda o‘xshagimiz keladi

@khodieff
OPEN BLOGcover

Biz sizga juda o‘xshagimiz keladi

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni Usmon ibn Affonga turmushga berganlaridan keyin, qizlaridan so‘raydilar:

— “Qizim, xojangni qandoq ko‘rding?” dedilar.

— “Yaxshi xoja”, dedi u.

— “U bobong Ibrohim va otang Muhammadga juda ham o‘xshashdir”, dedilar u zot.

Bir kitobda shu jumlalarni o‘qib, rosa o‘ylandim. Naqadar buyuk ta’rif-a?

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning Usmon royizallohu anhuning qanday inson ekanliklariga bergan guvohliklari, axborot vositalarining ertay-u kech Ilon Maskning daholigiyu Jek Maning muvaffaqiyatlari haqida aytayotganlaridan ham yetarlicha ta’rif bo‘ldi men uchun.

Sizningcha, o‘xshashlikka ko‘proq Usmon ibn Affon loyiqroq emasmi?

Axir, u (Usmon) sahobalar ichida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ikki qizlari (Ruqayya va Ummu Gulsum)ga uylangan yagona inson emasmi? Ikki nur sohibi emasmi?

Axir, Usmon jannat xabarini tirikligida eshitgan — asharai mubashsharaning uchinchisi emasmidi? Hayo bobida farishtalarni uyaltirgan, u Rasulullohning huzurlariga kirsa, payg‘ambarimiz undan hayo qilib, yotgan joylaridan turib, o‘tirib olishlariga sababchi bo‘lmaganmidi?

U sababli Qur’on kitob holiga keltirilmaganmi? Usmon o‘sha mashhur voqeadagi — Uhud tog‘i qimirlaganda, tog‘ning ustida turgan Rasululloh aytgan shahidlarning biri emasmi? Alloh Usmonni shahidlik bilan mukofotlagan, Qur’on ustida joniga qasd qilingan, uning aziz qoni Mus’haf varaqlarida oxiratgacha saqlanib qolingan zot emasmi?

Qiyomatgacha musulmonlar namoz o‘qiydigan — Rasulullohning masjidlarini o‘z molidan kengaytirib, bu bilan Payg‘ambarimizni xursand qilgan, boyliklari bilan Firdavs jannatini sotib olgan sahoba emasmidi?

Ey, otamiz Ibrohim va sevikli payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning o‘xshshi bo‘lgan zot! Biz sizni yaxshi ko‘ramiz va sizga juda o‘xshagimiz keladi! Alloh siz bilan jannatida birga qilishini so‘raymiz.

#tafakkur (c)

@khodieff

    Ulashish: