OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Bilish yetarli emas, his qilib yashamoq kerak!

@khodieff
OPEN BLOGcover

Bilish yetarli emas, his qilib yashamoq kerak!

Allohning borligini bilish yetarli emas, Uni qalbingizda his qilish yashash kerak. His qilish Undan qo‘rqishimizda, hayo qilishimizda, umid va duolar qilishimizda namoyon bo‘ladi.

Namoz o‘qish farz ekanligini bilish yetarli emas, namozning qanchalar Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekanini his qilish kerak. Namozni ado qilish kerak, uni qanday o‘qishni bilish kifoya emas. Chunki, bilasizmi, hatto ateistlar ham namozning qanday o‘qilishini biladi.

Bir kun kelib barchamiz o‘lishimizni bilamiz, ammo buni his qilib ko‘rmaymiz. Buni hech o‘lmaydigandek yashashimizdan bilsak bo‘ladi. Masalan, hozir ko‘zingizni yuming, tasavvur qiling, bugun uyquga yotdingiz, tongda uyg‘onmadingiz. Qo‘rqinchlimi? Endi aytingchi, qo‘rqamaslik uchun o‘limni his qilib, shunga ko‘ra amallar qila olyapmizmi?

Oila a’zolarimiz, yaqinlarimizning barchasi qachondir bizni tark etishadi. Ota-onangizga chetroqdan nazar solib ko‘rganmisiz, bir kun yo‘qotishingizni bilgan holda? O‘shanda qanday holda bo‘larkinsiz, bir his qilib ko‘rnig-a. Ayriliq borligini shunchaki bilamiz, xolos. Buni his qilib ko‘rmayapmiz.

Kitob o‘qimaydigan odam kitob o‘qish foydali ekanini bilishidan nima naf? Payg‘ambarimizning sunnatlarini yoddan bilish nimaga ham yarardi, agar sunnatlarga amal qilmasak. Biz ko‘p narsalarni bilamiz. Achinarlisi, bilamiz xolos.

Bilish yetarli emas…

(c)

@khodieff

    Ulashish: