OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Baxtli kunlarning to‘lovidir sabr

@khodieff
OPEN BLOGcover

Baxtli kunlarning to‘lovidir sabr

Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlanganliklari, qul qilib sotilganliklari, jigarlarining xiyonati, zinoda ayblanishlari — bularning barchasi bir qarashda juda ham adolatsizlikdek ko‘rinadi, to‘g‘rimi?

Ammo Alloh Yusufni so‘ngida Misrga vazir qilgani, payg‘ambar qilib otasiga qaytarib bergani — barchasi yaxshilikka ekanidan.

Muso alayhissalom go‘dakligida savat ichida suvda oqib borarkan, daryoda cho‘kib o‘lmasligiga kim kafolat bera olardi? Fir’avn Musoning ortidan quvlab borarkan, dengiz yorilib, Muso alayhissalom undan o‘tayotganida dengiz uni yutib yubormasligiga kim kafolat berar edi?

Ammo so‘ngida dengiz kimni yutdi? Kim g‘alaba qildi? Bularning barchasi yaxshilikka ekanidan.

Diningizga amal qilishdagi mashaqqatlar ham oxiratdagi yaxshiliklar uchundir. Barcha yaxshiliklar sabrdan keyin keladi.

Bir kun kelib shinamgina uy, baxtiyor oilangiz, javon to‘la kitoblar, issiq choy, halol kasb, xayrli ilm, qalbingizdagi Qur’on, solih farzandlar uchun hozir ozgina sabr qiling.

Ya’ni barchasi yaxshilikka qarab ketyapti, inshaalloh. Sabr qiling, yana ozgina qoldi. Birodar

2024.08.30 22:45

    Ulashish: