Arzimaydimi?

Agar ishlaydigan joyingizdagi boshlig‘ingiz namozlarni to‘liq ado etishingiz uchun maoshingizni ikki barobar oshiraman, desa, namoz o‘qirmdingiz?

Aytingchi, Allohning jannati oladigan maoshingizdan ham qadrsizroqmi?

Harom sevgilardan uzoq yurishning mukofoti jannatdagi hurlar bo‘lishi afzalroq emasmi?

Allohning jannatda tayyorlab qo‘ygan ne’matlari sigareta chekishdan olayotgan lazzatdan voz kechish uchun arzimaydimi?

Dunyodagi ozgina qiyinchilik uchun, oxiratdagi abadiy rohat yetarli emasmi?

Bu hayotdagi barcha ayriliqlarning qayta uchrashuv nuqtasi jannat bog‘lari bo‘lishi sizni xotirjam qilmaydimi?

Aslida bunday misollar juda ko‘p, qolganini o‘zingiz davom ettiring.

@khodieff

2024.08.19 16:47

    Ulashish: