OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

Alloh uchun voz kecha olasizmi?

@khodieff
OPEN BLOGcover

Alloh uchun voz kecha olasizmi?

Mehmet Yildiz aytadi:

“Alloh uchun bir insonni fido etmasang, u inson uchun Allohni fido etding demakdir”.

Masalan, sizga nomahram bo‘lgan insonni sevib, u bilan Alloh rozi bo‘lmaydigan munosabatda bo‘lib, undan voz kecholmayman, desangiz, demak u uchun Allohdan voz kechdingiz, shundaymi?

Gunohlardan, yomon odatlardan, sigaret chekishdan, so‘kinishdan, g‘iybat qilishdan Alloh uchun voz kecholmayotgan bo‘lsangiz, ular uchun Allohdan voz kechdingizmi?

Bir o‘ylab ko‘ring, har kuni ertalab budilnik bomdodga uyg‘otganda, uning ovozini o‘chirib, uxlashda davom etganingizda, Allohdan kechib, uyquni tanlayapsizmi?

Alloh uchun nimalardan voz kecha olardingiz? Bilasizmi, yana shunchaki voz kechmaysiz, uning o‘rniga Alloh undan afzalini beradi. U qanchalar Marhamatli, shunday emasmi?

@khodieff

    Ulashish: