OPEN BLOG banner

OPEN BLOG

25 yillik hayotdan 25 tavsiya.

@khodieff
OPEN BLOGcover

25 yillik hayotdan 25 tavsiya.

— Uxlashdan oldin qalbingizni poklang. Barchani kechiring va yengillikni his qiling.

— Arzon narsalar uchun butun hayotingizni berish qimmatlik qiladi. Bekorchi narsalardan saqlaning.

— Baxtning eng qisqa formulasi: “Tilingni tiy, uying sig‘dirsin va xatolaringga yig‘la”, (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam).

— Bizniki dard emas, shunchaki dars. Dardi borlar bugun Falastinda , dardi borlar yaralangan holatda shifoxonada ham bombalanyapti , dardi borlar bugun shifoxonaning jonlantirish bo‘limida o‘lim bilan kurashmoqda. Yana biri umrbod ozodlikdan mahrum qilingancha, tirqishlardan tushayotgan oy nuriga temulish bilan o‘limini kutyapti.

— Apple’ning har safar yanggi chiqargan telefonidan hayratlanib, borliqning mo‘jizalaridan bexabar yashayotgan axmoqlardan bo‘lmang. Ko‘zoynakni yeching!

— Har kech tushganda tashqariga chiqing, oy va yulduzlar to‘la osmonga boqing va yaxshi ko‘rgan insonlaringizni eslang. Yuzingizga maying shamol kelib urilsa, bilingki, ular ham sizni eslashyapti.

— Odamlarning ayb va xatolarini qidirmang. Pashshaga o‘xshamang, u ham faqat yaraga qo‘nadi.

— Baxt haqidagi barcha olimlaru matafakkirlar aytgan va kitoblarda yozganlarini bir jumlada his eting: “Rozi bo‘ling, hamma-hammasidan rozi bo‘ling, shunda Allohning keng jannatiga kirasiz, inshaalloh”.

— Hech narsaga qaramay doim tabassum qiling, ishoning bu sizga juda ham yarashadi , faqat ko’paytirib yubormang 🙂

— “Bas, siz buyurilganidek mustaqiym turing”, (Hud, 112). Ular o‘zi uchun yashaydi, siz o‘zingiz uchun yashang.

— O‘tmishdagi mahzun kunlarni unuting. Tasavvur qiling, bugun tug‘uldingiz. Marhamat, endi rohatlanib yashang!

— Ichki xotirjamlikka erishish haqidagi treninglarni unuting , ma’nosiz trendlardan uzoqlashing . Shunchaki, Qur’on oyatlarini tadadabbur qiling.

— Ko‘zingizni yuming, mehribon Robbingiz haqida o‘ylang.

— Onasi tirik bo‘lganlar, unutmang, biz eng baxtli insonlarmiz!

— Chuqur nafas oling va takrorlang: “Hammasi yaxshi”.

— Kitob o‘qing! Chunki do‘stlaringiz sizdan doim nimadir olishadi, kitoblar esa faqat beradi.

— O‘zingizda odamlar sizni bir umr eslaridan chiqarolmaydigan hislatlarni jamlang.

— Unutmang! Hayotingizda sodir bo‘layotgan hodisalar faqat va faqat yaxshilikka. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

— Barcha narsalar kechiktirilar, ammo namoz emas!

— O‘zligingizcha qoling. Chunki bu hayotda sizni shundayligingizcha yaxshi ko‘radigan insonlar bor.

— Baxtni har yerdan qidirib umringizni bekor o‘tkazmang. Shunchaki o‘zingizni baxtlidek his qiling, shu yetarli.

— Hayotdan hamma narsa bo’lishi mumkin , “Mahzun bo’lmang Alloh sizlar bilan” (At-tavba , 9:40 )

— Rizqingiz yozib qo’yilgan , sabablarini qiling ilmda,mehnatda to’xtamang , natija Allohdan.

— Har kuni reja bilan maqsad bilan uyg’oning , aks holda behuda narsalar egallaydi kuningizni.

— Va doim yodingizda bo‘lsin, “Umidlar so‘nmasligi kerak!”

(c)

@khodieff

    Ulashish: